Attraksion direktori Ronald Dreykning ta'kidlaşiça, Ain Dubai’da 48ta kabina bor bölib, ulardan har biriga 40 nafargaça odam siğadi. Tomoşa ğildiragida bir vaqtning özida 1750 kişi aylanişi mumkin. Biroq hozirça pandemiya şaroitida ijtimoiy masofaga amal qiliş maqsadida kabinalarga 10 nafargaça odam qöyilmoqda. Ğildirakning bitta töliq aylanişi 38 daqiqa vaqt oladi.

E'tiborlisi, attraksion kabinalari ölçami ikkita yonma-yon qöyilgan ikki qavatli avtobusdan kattaroqni taşkil qiladi. Taşrif buyuruvçilarga 3 turdagi kabinalar: oddiy, divan va mini-bar bilan jihozlangan hamda turli tadbirlar, ziyofatlar uyuştirişga möljallangan “vip-kabinalar” taklif qilinadi.

Ğildirakdan Dubay sohilböyini va yaqin orada joylaşgan Palm Jumeyra orolini tomoşa qiliş mumkin böladi.

Attraksion oçilişi munosabati bilan keçki payt salyut va dronlar şousi taşkil etilgan.

Ğildirakka çiptalar narxi 130 dirhamdan boşlanadi.

E'tiborlisi, tomoşa ğildiragiga rasmiy oçilişigaça Dubay valiahd şahzodasi Hamdan bin Muhammad Ol Maktum taşrif buyurib, uning eng baland nuqtasiga yetganda kabina tomiga çiqib qahva içgan. Bu vaqtda ğildirak bir joyda aylanmay töxtab turgan.

Smithsonian Magazine naşriga köra, dunyodagi ilk tomoşa ğildiragi 1893 yilda Çikagodagi Butunjahon körgazmasi uçun oçilgan. 76 metrlik ğildirak amerikalik muhandis quruvçi Jorj Vaşington Geyl Ferris tomonidan loyihalangan bölib, uni yaratişda Parijdagi maşhur Eyfel minorasiga raqobatçilik qilişi maqsad qilingan.