"Geodeziya va kartografiya faoliyati töğrisida"gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq geodeziya va kartografiyaga oid işlarning turlari quyidagilarga bölinadi: umumdavlat ahamiyatiga molik işlar; maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik işlar.
 
Röyxatning nomi yangi tahrirda qabul qilindi: DSQ huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiyaga oid işlar röyxati.

DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga quyidagi umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid işlarni bajariş topşirildi:

  • sun'iy yöldoş navigatsiya tizimlarining işlaşini ta'minlaş uçun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma'lumotlarni) yaratiş;
  • davlat fundamental gravimetrik tarmoğidan va 1-sinf davlat gravimetrik tarmoğidan iborat davlat gravimetrik tarmoğini yaratiş;
  • gravimetrik ziçlaştiriş tarmoqlarini quriş yöli bilan davlat gravimetrik tarmoğini rivojlantiriş;
  • davlat gravimetrik tarmoği punktlarini tadqiq etiş va tiklaş;
  • kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritiş;
  • ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik işlarni olib boriş;
  • geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni işlab çiqiş.