Takliflar tarkibiga taniqli ekspertlar, jumladan yozuvçilar va olimlar kiradigan hay'at tomonidan körib çiqiladi.

Misrning yangi poytaxti bölişi kutilayotgan şahar poytaxt Qohiradan 50 km uzoqlikda 2015 yilda qurila boşlangan. Ayni vaqtda Qohirada 22 mln kişi yaşaydi.

“Yangi Qohira” 700 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va 6,5 mln kişiga möljallanadi. Loyihaning amalga oşirilişi dastlabki bosqiçda 45 mlrd dollarga baholangan.

Bölğusi poytaxtga asosiy davlat muassasalari, jumladan, hukumat, vazirliklar köçiriladi. U yerda barça zaruriy infratuzilma, turar joy binolari barpo etiladi.

Misrning yangi ma'muriy markazida yuqori texnologiyalar qöllanadi. Jumladan, şahar aholisi uçun yagona mobil dastur yaratilib, odamlar u orqali kommunal xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşirişlari, turli xizmatlarga şikoyat qilişlari va muammolar haqida xabar berişlari mumkin böladi.

Köçalarda avtomobillar tirbandligini kuzatiş, öğriliklarni aniqlaş, şubhali şaxslar ortidan kuzatiş uçun videokameralar örnatiladi.