Bir hafta içida Xitoyning ön bir provinsiyasida koronavirus yuqtiriş bilan boğliq yuzdan ortiq yangi holatlar tasdiqlandi. Bu haqda Xitoy soğliqni saqlaş milliy komissiyasi vakili Mi Fen ma'lum qildi.
17 oktyabrdan buyon bir neçta mahalliy infeksiya öçoqlari aniqlandi va kasallik tez tarqalmoqda. Mamlakat aholisining 75 foizdan ortiği koronavirusga qarşi emlangani ham infeksiya tarqalişini töxtata olmayapti.
Dastlabki holatlar 16 oktyabr kuni şanhaylik töliq emlangan turistlar guruhi orasida aniqlangandi. Qayd etilgan 133ta holatdan 106tasi 13ta turistlar guruhi bilan boğliq.
Yangi holatlar Içki Möğuliston, Gansu, Ninsya, Guyçjou, Lançjou va Pekinda qayd etilgan.
Hozirda turistik agentliklarga bu hududlarga sayohatlar uyuştiriş taqiqlandi, poytaxtga kirişga çeklovlar joriy etildi.












