“Aliment qarzdorligini undiriş tartibi takomillaştirilayotgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bilan tegişli qonunlarga aliment tölovi böyiça qarzdorlarga nisbatan transport vositasini boşqariş huquqini, şuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oşiriş huquqini vaqtinça çeklaşni nazarda tutuvçi özgartiş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.
Qonun loyihasida bir qator asosiy qoidalar nazarda tutilmoqda. Xususan, loyihaga köra davlat ijroçisi tomonidan aliment tölovi böyiça qarzdor jismoniy şaxs tomonidan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bölgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga köra ijro etilmaganda, davlat ijroçisi undiruvçining arizasi böyiça yoki öz taşabbusi bilan qarzdor jismoniy şaxsning transport vositalarini boşqariş huquqini vaqtinça çeklaş töğrisida qaror çiqarişga haqli.
Transport vositalarini boşqariş huquqini vaqtinça çeklaş ta'sir çorasi ijro işini yuritiş belgilangan asoslarga köra tugatilganda yoki tamomlangunga qadar yoxud aliment tölovini undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari böyiça çeklov qöllanilişiga asos bölgan qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar bölgan muddatga qöllaniladi.
Qarzdorning transport vositalarini boşqariş huquqini yoki litsenziyalanadigan faoliyat bilan şuğullaniş huquqini vaqtinça çeklaş quyidagi hollarda qöllanilmaydi:
- sud qarorini ijro etiş uçun yetarli mol-mulk olib qöyilgan taqdirda;
- agar şunday çeklaş belgilanişi qarzdor tirikçiligining asosiy va qonuniy manbaidan mahrum qilsa;
- agar qarzdor birinçi va ikkinçi guruh nogironi bölsa yoki qarzdor qaramoğida Özbekiston qonunlarida belgilangan tartibda birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi yoki nogiron bola deb tan olingan şaxsga boğliq bölsa;
- agar qarzdorga ijro hujjati talablarini bajariş uçun keçiktiriş yoki bölib-bölib tölaş imkoniyati berilgan bölsa;
- agar voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uçun alimentlar oldindan tölangan yoki aliment tölaş majburiyatini ta'minlaş uçun garov şartnomasi tuzilgan bölsa.
Davlat ijroçisining aliment tölovi böyiça qarzdor jismoniy şaxsning transport vositasini boşqariş huquqini vaqtinça çeklaş töğrisidagi qarori ustidan şikoyat qilinişi yoki protest keltirilişi mumkin.
Ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bölgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda aliment tölovi böyiça qarzdor jismoniy şaxs tomonidan uzrsiz sabablarga köra ijro etilmaganda, davlat ijroçisi sudga qarzdorga litsenziya berişni vaqtinça taqiqlaş töğrisida, şuningdek qarzdorga ilgari berilgan litsenziyalar, ruxsatnomalar va maxsus huquqlarning amal qilişi töxtatib turilişi töğrisida taqdimnoma yuboradi.

















