Amerikalik senatorlar Jyeff Fleyk nomzodini AQŞning Turkiyadagi elçisi etib tasdiqladi. 

“Senat Jyeffri Leyn Fleykni AQŞning Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga tasdiqladi”, – deyiladi kongress palatasi xabarida.

Nomzodni tasdiqlaş Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ön nafar elçi, jumladan, AQŞ elçisini mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisidagi bayonoti bilan boğliq mojaro yakun topganidan söng amalga oşirildi.

18 oktabr kuni AQŞ, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elçilari qöşma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan huquq faoli Usmon Kavala böyiça masalaga tezkorlik bilan adolatli yeçim topiş söralgan edi. Elçilar faolning hibsda saqlanişi Turkiya uçun “kölanka” ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10 ta mamlakat elçilari Turkiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan.

21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQŞ, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elçilarini mamlakat sudi işlariga aralaşişgani uçun tanqid qilgan. Keyinroq esa ularni mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qildi.

Duşanba kuni AQŞ va boşqa mamlakatlar elçixonalari elçilarning boşqa mamlakatlarning içki işlariga aralaşmasligi töğrisida bayonot berdi.