AQŞda OpenSea kriptovaluta onlayn-maydonçasida Kaliforniya ştatida röyxatga olingan avtomobil raqami sotuvga qöyildi. Ayni vaqtda raqamning narxi 24 mln 600 ming dollardan oşib ketdi.

Avtomobil raqamida bor-yöği ikkitagina belgi bor bölib, U “MM” körinişiga ega. Raqam unga nisbatan ança arzon turadigan McLaren 765 LT avtomobiliga örnatilgan. Uşbu avtomobil 360 ming dollar atrofida turadi.

Ma'lumotlarga köra, Kaliforniyada hozirda 35 mlndan köproq avtomobil raqami röyxatdan ötkazilgan. Ular orasida ikkita belgiga ega raqamlar noyob hisoblanadi va qimmat turadi. Ayniqsa, ikkita bir xil belgiga ega bölganlari juda qimmat baholanadi.

Agar avtomobil raqami öz egasini topsa, u avtomobillar tarixida sotilgan eng qimmatbaho raqam böladi.

Raqamni sotib olgan odam uning özidan taşqari uning haqiqiyligini isbotlovçi NFT-tokenni ham qölga kiritadi. Tokenning ID-raqami va QR-kodi raqamning orqa tomoniga lazer yordamida öyib tuşirilgan. Bu tarixda avtomobil raqamining NFT-tokenga biriktirilib birinçi marta sotilişi hisoblanadi.