Isroil xususiy reaktiv samolyoti Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahridagi Qirol Xolid nomidagi aeroportga qöndi. Bu Arabiston yarimorolidagi davlatning Isroil havo kemasini ilk bor qabul qilişi, deb yozadi The Jerusalem Post.

Samolyot aeroportga 26 oktyabr kuni kelib qöngan.

Naşrning qayd etişiça, Isroil va Saudiya Arabistoni örtasida tijorat reyslari amalga oşirilmaydi, çunki diplomatik munosabatlar örnatilmagan.

Avvalroq Isroil birinçi marta BAAga elçi tayinlagandi.

2020 yil sentyabrda AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining harakatlari bilan Vaşingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxşilaş töğrisidagi hujjatni imzolagandi.