Is gazi özi nima? U qanday hosil böladi? Is gazidan zaharlanganda insonda qanday belgilar kuzatiladi? SSV matbuot xizmati şu va şu kabi savollar bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovga murojaat qildi. 

— Is gazi juda «ayyor» – u asosan tabiiy gaz, kömir, ötin çöğlarining töliq yonmasligi natijasida hosil böladi. Uning eng xavfli jihati heç qanday hid va rangga ega emasligidadir. Şu bois ham, mutaxassislar is gaziga «sezdirmasdan öldiruvçi» deya ta'rif berişadi.

Uşbu gaz organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etib, gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuçli birikma – karboksigemoglobin hosil qiladi. Buning oqibatida gemoglobinning töqimalarga kislorod taşiş xususiyati keskin pasayib, gipoksiya, oğir holatlarda esa anoksiyaga olib keladi. Hatto, zaharlaniş oqibatida ölim holatlari kuzatilişi mumkin.

Statistik ma'lumotlarga köra, dunyoda is gazidan zaharlaniş tufayli sodir böladigan ölim holatlari alkogoldan zaharlaniş sababli kuzatiladigan ölimlardan keyin ikkinçi örinda turadi. Birgina AQŞda har yili örtaça 400 nafarga yaqin inson uşbu gazdan zaharlaniş oqibatida vafot etadi.

Afsuski, yurtimizda ham bu boradagi körsatkiçlar havas qilarli darajada emas. Raqamlarga murojaat qilsak, ötgan 2020 yilda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari orqali 633 nafar bemor gospitalizatsiya qilinib, şundan 14 nafar bemorda ölim holati kuzatilgan. Bu körsatkiçga uyida, ya'ni voqea joyida vafot etganlar soni kiritilmagan. Birgina RŞTYoIMning özida ötgan yilning noyabr va dekabr oylarida is gazidan 21 nafar bemor davolanib çiqdi.

— Qanday omillar is gazidan zaharlanişga sabab böladi?

— Ma'lumki, kuz-qiş mavsumida yurtimizda köpçilik aholi öz xonadonlarida qölbola va standart talablariga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalanadi. Aytiş mumkinki, bu holat is gazidan zaharlanişga sabab böluvçi eng asosiy omillardan biri sanaladi. Şuningdek, gaz tarmoqlariga rezina şlang orqali ulaniş, dudburonlarni öz vaqtida tozalamaslik, uy içini isitiş maqsadida oçiq olovdan foydalaniş, havo almaştiruvçi şaxtalar yoki tuynuklarni berkitib (tösib) qöyiş ham zaharlanişga olib keladi.

Is gazidan zaharlaniş qisqa muddatlarda yoki asta-sekinlik bilan yuzaga çiqişi mumkin. Bu esa öşa muhitdagi havo tarkibida mavjud bölgan gazning konsentratsiyasiga boğliq. Ya'ni juda yuqori konsentratsiyalarda zaharlaniş tezda yuzaga çiqsa, gaz miqdori kam bölganda bu holat asta-sekin sodir böladi.