Jurnalistlar uşbu QR-kodni yaratgan haker bilan aloqaga çiqişgan. U Hitler nomiga kodni mijozlarga 300 yevroga istalgan ismga koronavirusga qarşi emlanganlik yoki koronavirusga manfiy testga egalikni tasdiqlovçi sanitar ruxsatnoma qilib bera olişini isbotlaş uçun yaratgan. Hakerning aytişiça, u avvalroq Fransiya va Polşada bunday QR-kodlarni yarata olgan. Uşbu kodlarni Niderlandiyada ham qöllaş mumkin.

Soğliqni saqlaş vazirligi Hitler nomiga QR-kod qanday yaratilganini aniqlaşga harakat qilmoqda. Vazirlik hakerga Polşa va Fransiyaning QR-kodlarini qalbakilaştirişga imkon bergan maxfiy kalitlar öğirlangan bölişi mumkinligini örganmoqda. Şu bilan birga, firibgar uşbu davlat soğliqni saqlaş tizimida işlaşi mumkinligi ham istisno qilinmayapti. 

Avvalroq kiberxavfsizlik böyiça rossiyalik mutaxassis Sergey Vakulin hakerlar koronavirusga qarşi emlanganlikni tasdiqlovçi QR-kodlarni öğirlaşi mumkinligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, buning uçun ular kod, fotosurat va videotasvir saqlanuvçi qurilmaga masofadan kiradi.