Qirğizistondagi “Imperiya pitssi” kafelar tarmoğida ovqatdan zaharlanib 318 kişi Bişkek va Çuy oblastidagi şifoxonalarga murojaat qildi, deb xabar berdi 24.kg.

Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, jabrlanganlarning 40 nafarini bolalar taşkil etadi.

Tarmoq ma'muriyatiga 21 ming som (247 dollar) jarima solingan.

Qayd etilişiça, barça zaharlanişlar 22-23 oktyabr kunlari sodir bölgan.

Soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotiga köra, barça jabrlanganlar tarmoqqa qaraşli törtta qahvaxonada roll iste'mol qilgan.