Sudga şikoyat arizasini Florida boş prokurori Eşli Mudi va Ron Desantis topşirgan. Hujjatda NASA va boşqa agentliklar Florida bilan köplab şartnomalar tuzişi, ştat bilan amaldagi kelişuvlarga egaligidan foydalanib, Bayden ma'muriyatining noqonuniy talablarini ştatga suqiştirişga intilişi aytilgan.
Şuningdek, jurnalistlar oldida Floridaning majburiy emlaniş talabi sababli öz işidan mahrum bölgan yoki emlanişdan boş tortganlik uçun öz işini yöqotişdan xavotirlanayotgan aholisi ham iştirok etgan.
AQŞ prezidenti yozda ijroçi hokimiyatning barça xodimlari koronavirusga qarşi emlanişini talab qiluvçi farmonni imzolagan. Sentyabrda esa u federal agentliklarga işlovçi barça pudratçi kompaniyalar öz xodimlarining 8 dekabrgaça töliq emlanişini ta'minlaşi kerakligi haqidagi yana bir farmonni çiqargan.
Florida ştati rahbariyatining fikriça, aholidan majburiy emlanişni talab qiliş noqonuniy hisoblanadi. Ştat gubernatorining ta'kidlaşiça, AQŞ fuqarolari, jumladan ştat aholisi ham emlaniş borasida özi mustaqil qaror qabul qilişi kerak. U odamlarni emlanişga majburlaş jamiyatda hukumatga nisbatan işonçsizlik darajasi oşişiga olib kelişi mumkinligini qöşimça qilgan.
Avvalroq Bayden sobiq prezident Donald Trampni uning prezidentligi vaqtida aholini emlaş sur'atlari past bölgani uçun tanqid qilgandi. Oq uy rahbarining ta'kidlaşiça, Tramp vaqtida vaksinalar işlab çiqilib, emlaş kampaniyasi boşlangan bölsa-da, bor-yöği 2 mln kişi emlangan, uning prezidentligi vaqtida esa hozirgi kungaça 190 mlndan köproq kişini emlaşga muvaffaq bölindi.












