Netflix platformasi orqali namoyiş etilgan va butun dunyoda maşhur bölib ketgan «Kalmar öyini» serialining kriptovalutasi çiqarildi.

«Kalmar» kriptovalutasi seşanba kuni 1 sent atrofida sotilgan bölsa, juma kuni uning narxi 2,34 dollarga kötarilgan.

Narxlarning keskin kötarilişi natijasida kriptovalutaning bozor kapitallaşuvi 184 million dollarga yetdi.

«Bunday tangalar investorlarni tezda hayajonlantiradi, bu esa vahşiyona oşirilgan narxlarga olib keladi. Natijada bu kabi çayqovçilikka berilib ketgan sodda çakana investorlar katta yöqotiş xavfiga duç kelişadi», deydi Kornel universiteti iqtisodçisi Esvar Prasad.

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreyaning «Kalmar öyini» serialida ijtimoiy tengsizlik ğoyasi ifoda etilgan bölib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kişidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablağni yutib oliş imkoniyatini beruvçi bolalar öyinlarini öynaş taklif etiladi, ammo öyinda yutqazganlar hayot bilan vidolaşişiga töğri keladi.

Bloomberg ma'lumotlariga köra, koreys seriali Netflix tomonidan 21,4 million dollarga xarid qilingan va kompaniya serial orqali 900 million dollarga yaqin foyda körgan.