Özbekistonda kartoşka eng köp iste'mol qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Ötgan iyul-avgust oylarida mahalliy yetiştirilgan kartoşka böyiça takliflar ortişi hisobiga içki bozorda talab va taklif orasidagi ma'lum muvozanat yuzaga keldi hamda narxlar arzonlaşdi. Xususan, yil boşiga nisbatan 5,3 foizga pasayiş kuzatildi. Ammo Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, sentabr oyining özida kartoşka narxlari avgust oyiga nisbatan örtaça 7,8 foizga oşgan.

EastFruit tahlilçilari ma'lumotlariga köra, 14 oktyabrdan 21 oktyabrgaça bölgan davrda Özbekistonda kartoşkaning örtaça ulgurji narxi bir kilogramm uçun 3500 sömdan 5000 sömgaça, ya'ni 43 foizga qimmatlaşgan. Joriy narxlar darajasi 2020 yilning şu sanasiga nisbatan 39 foiz va 2019 yilning şu sanasiga nisbatan 2,2 baravar yuqori.

Uşbu ma'lumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tomonidan har kunlik e'lon qilinadigan qişloq xöjaligi mahsulotlarining ulgurji narxlari haqidagi ma'lumotlar ham qisman tasdiqlaydi. Xususan, 27 sentabr holatiga köra, kartoşkaning minimal ulgurji narxi 2500 sömni, maksimal narxlari esa 3500 sömni taşkil qilgan bölsa, 27 oktabr holatida minimal narxlar 3500 sömga (narxlar oşişi 40 foiz), maksimal narxlar 4500 sömgaça (narxlar oşişi 28,5 foiz) yetgan.

Özbekistonda kartoşka yetiştiriş va import qiliş körsatkiçlari

2017 yilda mamlakat içkarisida 2,79 mln tonna kartoşka yetiştirilgan bölsa, 216 ming tonna import qilingan (yillik nisbatda narxlar 90 foizga oşgan). Bu körsatkiçlar 2018 yilda 2,91 mln tonna (import 259 ming tonna, yillik nisbatda narxlar 28 foizga arzonlaşgan), 2019 yilda 3,08 mln tonna (import 292 ming tonna, yillik nisbatda narxlar 12 foizga oşgan), 2020 yilda esa 3,16 mln tonnani (import 421 ming tonna, narxlar oşişi 42 foiz) taşkil etgan