Rossiyada oxirgi sutkada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 40 096ta holat qayd etildi. Koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça ştab ma'lumotiga köra, 1 159 nafar bemor vafot etdi. Har ikki körsatkiç pandemiya davri uçun rekord hisoblanadi.

Sutkalik ölim holatlari uçinçi kundirki maksimum körsatkiçni yangilamoqda. Keça 1123ta, seşanba kuni 1106ta ölim qayd etilgandi, bungaça esa maksimum körsatkiç şanba kuni böldi – 1075ta ölim. Mamlakatda ön kundan beri mingdan ortiq ölim holatlari yuz bermoqda.

Eng köp vafot etganlar Moskvada - 95 kişi (bu 27 iyuldan buyon eng yuqori körsatkiç), Peterburgda 70 kişi vafot etdi (çorşanba kuni 74 kişi). Ştab pandemiya davrida koronavirusdan vafot etganlar sonini 235 057 kişi deb baholamoqda. Avvalroq Rosstat pandemiya boşlanganidan buyon mamlakatda Covid-19 infeksiyasiga çalingan 400 mingdan ortiq bemor vafot etganini bildirgandi.

Kasallik yuqiş holatlari sentyabrda ösa boşladi va keyingi oyda keskin kuçaydi. 14 oktyabr kuni ilk bor bir sutkada 30 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bungaça eng yuqori körsatkiç 2020 yil 24 dekabrda kuzatilgandi - 29 935ta holat.

Ştab ma'lumotiga köra, eng köp holatlar Moskvaga töğri kelmoqda – bir sutkada 8440ta yangi holat qayd etildi.  

Moskvada 8 mingdan ortiq holat yoz boşlarida aniqlangan, 19 iyun kuni 9 120ta holat qayd etilgandi. Söngra  kasallik yuqişi kamayib, 1 sentyabrda 1229 kişida infeksiya aniqlangandi. 

Moskvadan keyingi örinlarda Peterburg (3 186 holat) va Moskva oblasti (2 639 holat) turibdi. Nijyegorodsk va Sverdlovsk oblastlarida ham kasallik yuqişi va ölim holatlari yuqori darajada.

Hukumat vaziyatning bunday tus olişini aholining emlanişni istamayotgani bilan izohlamoqda.  

Rossiyada töliq emlangan aholi uluşi juda pastligiça qolmoqda - Our World in Data ma'lumotiga köra, 23 oktyabr holatiga bu körsatkiç 32,8 foizni taşkil etdi.

28 oktyabr kuni Moskva, Moskva oblasti va yana tört regionda işlanmaydigan kunlar davri boşlandi. 

Moskvada infratuzilma işlaşini ta'minlaydigan va töxtovsiz siklda işlaydigan korxonalardan taşqari barça kompaniya va taşkilotlar faoliyatini töxtatadi. Faqat oziq-ovqat dökonlari va dorixonalar hamda teatr va muzeylar işlaşi mumkin (QR-kodlar bilangina).