Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati is gazi xavfini oldini olişda nimalarga e'tibor qaratiş lozimligi va uşbu gazdan zaharlanganda birinçi tibbiy yordam qanday körsatilişiga doir savollar bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovga murojaat qildi.

— Is gazidan zaharlangan insonga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatiş lozim. Boisi ozgina e'tiborsizlik bemorda ortga qaytmas salbiy özgarişlarga sabab bölişi mumkin. Qolaversa, jabrlanuvçini imkon qadar tezroq toza havoga olib çiqiş, nafas olişni yengillaştiriş – nafas yöllarini tozalaş, kiyimlarini yeçiş, til orqaga ketib qolişining oldini oliş uçun bemorni yonboşlab yotqiziş zarur.
Şuningdek, nafasni stimullaş, kökrak qafasini artiş, oyoq va qöllarni isitiş, eng asosiysi, tez tibbiy yordam çaqiriş lozim. Hatto, bemor körinişidan qoniqarli ahvolda bölsa ham şifokor körigidan ötişi şart.
Sababi har doim ham kasallik belgilariga asoslanib haqiqiy zaharlaniş darajasini aniqlab bölmaydi.
Bundan taşqari, zaharlanişda öz vaqtida boşlangan davolaş muolajalari asoratlar va ölim xavfi kamayişiga ijobiy yordam beradi.
Oğir daraja zaharlaniş holatlarida jabrlanuvçiga reanimatsion çora-tadbirlar ötkaziladi – tibbiyot xodimlari kelguniga qadar oğizdan oğizga nafas, yurak yopiq massaji olib boriladi.
— Is gazidan zaharlanişning oldini olişda nimalarga e'tibor qaratiş lozim?
— Aholi xonadonlarida işlatiladigan isitiş peçlarining dudburon qopqoqlari, yorilgan joylari, ötkazuvçanligi va şamollatiş tizimi sozligini öz vaqtida tekşirib turiş lozim.
Şu bilan birga, isitiş uçun qölbola, sertifikatlanmagan moslamalardan foydalanmaslik, gaz plitalari, nosoz gaz kolonkalari bilan yaşaş uylarini isitmaslik zarur.
Agar bino içida gaz hidi paydo bölsa, darhol tuman gaz idorasi xodimlariga murojaat qiliş lozim.
















