Kasallikni kattalar sölagi orqali ötadigan kislota hosil qiluvçi bakteriyalar çaqiradi. Bakteriyalar, masalan, sörğiçni yalaganda yoki umumiy idiş, ovqat orqali ötişi mumkin. Mikroblar tişga joylaşadi, ovqat va içimliklar tarkibida şakar bölganida faol tarzda köpayadi. Gödak keçqurun uxlaşdan oldin şişa idişda sut yoki şarbat içsa, kariyes rivojlanişi ehtimoli ortadi.
Nima uçun sut tişlarini davolaş kerak?
Tiş emali zararlanganida tişlarda oğriq boşlanadi. Oğriq yöqolişi uçun esa tişlarni davolaş kerak. Ba'zan ota-onalar stomatologga juda keç murojaat qilişadi, şuning uçun tişlarni olib taşlaşga töğri keladi.
Mutaxassislar kariyes quyidagi oqibatlarga ham olib kelişi mumkin deb hisoblaydilar:
- bolada ösişning buzilişi va vaznning kamayişi;
- hayot sifatining yomonlaşuvi;
- öz-öziga beriladigan bahoning pasayişi;
- nutq va darslarni özlaştirişning pasayişi;
- doimiy tişlarda kariyesning paydo bölişi;
milk tuzilişining özgarişi, u doimiy tişlar notöğri ösişiga sabab böladi.
Sut tişlari qanday davolanadi?
Hammasi stomatologga qaysi bosqiçda murojaat qilinişiga boğliq. U davolaşning quyidagi variantlarini taklif etişi mumkin:
- Lakli ftorid bilan işlov beriş. Zararlangan tişga heç qanday maxsus tayyorgarliksiz suyuqlik surtiladi, u qurib himoya plyonkasini hosil qiladi. Ftor esa mikroblar köpayişiga yöl qöymaydi.
- Plomba qöyiş. Dastlab şifokor stomatologik maşina yordamida kariyesga uçragan tiş yuzasini tozalaydi, keyin esa uni plombalaydi. Plomba ovqat va mikroblarning böşliqqa tuşişiga yöl qöymaydi.
Sut tişlari: kariyesning oldini qanday oliş mumkin?
Buning uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş kerak:
- Tişlar yorib çiqquniga qadar bola tongda uyqudan uyğongaç va uxlaşidan oldin milklarini yumşoq gubka bilan arting. Bu bakteriyalarni yöqotişga yordam beradi.
- Tişlar paydo bölişi bilan ularni ftorli bolalar tiş pastasi bilan yumşoq çötkada yuving. 1 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalarning tişlarini kuniga 2 marta 2 daqiqadan yuviş kerak.
- Bolani şişa idişdagi içimlik yoki yegulik bilan uxlaşga yotqizmang.












