Xitoyda dunyodagi eng baland bino, jumladan, 128 qavatli Şanhay minorasi ham bor. Mahalliy xabarlarda aholi u qadar ziç bölmagan şaharlarda osmonöpar binolarni quriş zaruriyatini şubha ostiga qöygan, deya yozmoqda BBC.
Ular qulaylik uçun emas, şuhratparastlik sababli qurilgani aytilgan. Hozirda balandligi 500 metrdan ortiq bino quriş taqiqlangan.
E'lon Weibo ijtimoiy tarmoğida olqişlar bilan kutib olindi. Köpçilik öta baland osmonöpar binolar “kerak emas, foydali emas”, deb aytgan. Avvalroq, joriy yilda mamlakatda “xunuk arxitektura” man etilgandi.
“Biz odamlar haqiqatan ham tarixda qoladigan biror nima yaratişga öta kuçli harakat qilayotgan bosqiçni boşdan keçiryapmiz. Har bir bino diqqatga sazovor joy bölişga intiladi, quruvçi va şaharsozlar yangilik hamda öziga xoslikni qöllagan holda mana şu maqsadga erişişga harakat qiladi”, - degan Tunszi universitetining Arxitektura va şaharni rejalaştiriş kolleji rahbari Jang Şangşu.
Yangi qoidalar böyiça nimalarga amal qiliş kerak?
Uy-joy qurilişi, şahar va qişloq rivojlanişi vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan qöşma bayonotda aholisi 3 milliondan kam bölgan şaharlarga balandligi 150 metrdan (492 fut) ortiq bölgan osmonöpar binolar quriş taqiqlanişi aytilgan. Aholisi mazkur körsatkiçdan ortiq bölgan şaharlarga balandligi 250 metrdan ortiq bölgan binolar quriş man etiladi.
Aholisi 3 milliondan kam bölgan şahar balandligi 150 metrdan ortiq osmonöpar bino qurişni istasa, vazirlikka murojaat etişi kerakligi aytildi. Biroq har qanday holatda ham balandligi 250 metrdan ortiq bino qura olmaydi.
Xuddi şunday, aholisi 3 milliondan ortiq şahar muayyan holatlarda balandligi 250 metrdan ortiq bölgan osmonöpar bino quriş böyiça ariza berişi mumkin, biroq balandligi 500 metrdan ortiq bino qurilişiga qat'iy taqiq mavjud.
Bayonotda aytilişiça, uşbu yangi qoidalarni buzuvçi loyihalarni ma'qullaganlar umrbod javobgarlikka tortiladi.
















