Tojikiston taşqi işlar vazirligi Duşanbada Afğoniston milliy qarşilik fronti ofisi oçilişi töğrisida ma'lumotga ega emas. Bu haqda mamlakat TIV axborot va matbuot departamenti ma'lum qildi.

«Bizda Tojikistonda Afğoniston milliy qarşilik fronti ofisi oçilişi töğrisida ma'lumot yöq», – deyiladi departament xabarida.

Afğonistonning Tojikistondagi elçixonasi matbuot kotibi Ğulomhusayn Rahmatiy ham bu borada heç qanday ma'lumotga ega emasligini ma'lum qilgan.

Avvalroq mahalliy OAV Duşanbada Afğoniston milliy qarşilik fronti ofisi oçilişi, hozirda ofis binosida ta'mirlaş işlari olib borilayotgani haqida xabar bergandi.

Xabarda aytilişiça, ta'mirlaş işlari tugaganidan söng ofisning rasman oçilişi bölib ötadi.

Ahmad Mas'ud rahbarligidagi Afğoniston milliy qarşilik fronti 2021 yil avgustda «Tolibon»ga qarşilik körsatiş maqsadida tuzilgan. Avvalroq taşkilot vakili Ali Maysam Nazariy AQŞda front ofisi oçilişiga ruxsat olingani haqida ma'lum qilgandi.