“Tolibon” harakati Afğonistondagi milliy qarşilik frontini AQŞ himoyasi ostida harakat qilayotganlikda aybladi. Muvaqqat hukumat rasmiy vakili Inomulla Samanganiy ana şunday bayonot bilan çiqdi.
“Ular öz muvaffaqiyatsizliklarida Trampni, Baydenni ayblaşgandi, endi esa Qöşma Ştatlar soyaboni ostida qarşilikni davom ettirişga tayyor”, – deya Samanganiyning sözlaridan iqtibos keltiradi AamajNews agentligi.
Avvalroq qarşilik fronti vakili Ali Maysam Nazariy AQŞda lobbiçilik faoliyatini olib boriş va amerikalik siyosatçilarni afğon muxolifatini qöllab-quvvatlaşga işontiriş bilan şuğullanuvçi xorijiy agent sifatida röyxatdan ötişgani haqida xabar bergandi.
“Afğoniston milliy qarşilik fronti Qöşma Ştatlarda rasman xalqaro ofis oçişga ruxsat oldi va tez kunlarda butun dunyo böylab faoliyatini kengaytiradi”, – deb yozdi u Twitter sahifasida.

















