Joriy yilning 11 avgust kuni Prezidentning tegişli qarori bilan “Vatandoşlar” jamoat fondi taşkil etildi. Uzbek.life portali fond Boşqaruv raisi Odiljon Sattorov bilan intervyu taşkil etdi. Suhbat yangi fondning faoliyati, vazifalari va kelajakdagi rejalari mavzusida keçdi.
Amaliy yordam beriş masalalarini körib çiqmoqdamiz
Fondning asosiy maqsadi xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoşlarni öz tarixiy vatani oldida jipslaştiriş, ularning qalbida, ongida yurt bilan faxrlaniş tuyğusini yanada yuksaltiriş, qolaversa, ularning xorijda taşkil etgan jamoat taşkilotlariga amaliy yordam beriş, mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojida ularning iştirokini ta'minlaş etib belgilandi. Fondimiz oldida bir qator vazifalar mavjud. Buning uçun qisqa muddat içida jamoani şakllantirdik va vatandoşlar bilan muloqot qilişni boşladik.
Bevosita oldimizda turgan vazifalarga töxtaladigan bölsam, birinçi navbatda, xorijdagi vatandoşlarimizning jamoat taşkilotlari, birlaşmalari bilan aloqalarni örnatiş, ularga huquqiy, moddiy, amaliy yordam beriş masalalarini körib çiqmoqdamiz. Bundan taşqari, xorijda istiqomat qiluvçi, ulkan ilmiy-amaliy tajribaga ega bölgan olimlar, professionallar bilan turli loyihalar ustida işlaş ham oldimizda turgan vazifalardan biri sanaladi. Uşbu loyihalar sirasiga xorijdagi vatandoşlarimiz orasida özbek tilining adabiy merosini talqin qiliş maqsadida bir qator tadbirlar ötkaziş, uşbu tadbirlarda közga köringan olimlar, fan arboblari, sportçilar, diniy ulamolar, san'at va madaniyat vakillari iştirokini ta'minlaş kabilar kiradi. Bir söz bilan aytganda, çet eldagi vatandoşlarimiz bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyiş, bu yölda tegişli vazirliklar, muassasalar uçun takliflar işlab çiqiş fondimizning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Respublika fuqarolariga tenglaştirilgan holda OTMda öqiş imkoniyati yaratiladi
Qarorda xorijda istiqomat qiluvçi vatandoşlarimizning özbek tili, madaniyati, kino va san'ati yönalişlarida Respublika fuqarolariga tenglaştirilgan holda oliy ta'limda öqişiga imkoniyat yaratiş masalasi ham qöyilgan. Uşbu masalani biz Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda kelgusi öquv yilidan yölga qöyişni reja qilyapmiz. Bunda çet eldagi vatandoşlarimizning qaysi yönalişlarda ta'lim oliş istagida ekanligi ham hisobga olinadi.
















