Ular taqdim etayotgan yumorning öziga xos tagma'nosi bölib, özida jamiyatning oğriqli muammolarini aks ettiradi. Ular «Odamlar nima deydi?» stereotipini «sindirgan» qizlar sifatida ham boşqalardan farqlidirlar. Suhbatni töliq körgaç, bunga amin bölasiz.

«Asl kasbim dirijyor»

Nigora Abdullaxonova, aktrisa, vayner, teleboşlovçi, «Afandining qizlari» rezidenti:

«San'at institutida dirijyorlik böyiça tahsil olganman. Öqiş davomida fortepiano çaliş, vokal, sahna nutqi, aktyorlik mahoratini ham örgatişadi. Ma'lum muddat xonandalik ham qilganman. Boşlovçi sifatida ham faoliyat yuritdim. Instagram'da meni körib qolişib, MilliyTV telekanaliga taklif qilişgan. Bolaligimdan ma'lum mavzuda maqola yozişga qiziqiş va qobiliyatim bölgan. Öşa paytda bu jurnalistika sohasi ekanligini tuşunmaganman. Bu yönalişda özim örganişga harakat qilganman.

Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida öqiganman. Dirijyorlik yönalişini tanlaşimga öşa yerdagi öqituvçim sababçi bölgan. Ustozim oyoğida nuqsoni bölgani uçun dirijyorlik kasbini egallay olmaganini aytib bergandilar. Ularni juda yaxşi körganim, hurmat qilganim uçun şu kasbni egallaganman va bu meni ustozimga hadya qilgan sovğamdir.

Biz guruh bölib vaynlar çiqarganimizda köpçilik tanişlarim, hamkasblarim buni qabul qilişolmadi. Ayniqsa, boşlovçi hamkacblarim qoşimizni qalin böyab vaynlar çiqarganimizda, «Nima qilyapsan, senga bu nima uçun kerak, özingning yetarli auditoriyang bor, nima xohlayotganingni tuşunmayapmiz», deb gapirişdi. Bir neça oy qabul qilişolmadi. Özi aslida kimningdir fikriga quloq solib iş qiliş kerakmas. Sizga nimadir yoqmayaptimi qilaveriş kerak. 

Kollejda vokal böyiça tahsil olganman. Maşhur bastakor Dilorom Omonullayevaning qölida tahsil olganman. Xonandalik bilan şuğullanmoqçi bölganman. Bitta qöşiqni kuylab çiqardim. Şu bilan faoliyatimni töxtatdim. Bir neça yil davomida şou-biznesdan uzoqlaşdim. Buning öziga yaraşa sabablari bor. Taqdir taqozosi bilan baribir san'atga qaytib keldim. 

«Ona rolini öynaganim uçun yoşimni ança katta deb öylaşadi»

Muborak Abdullayeva, aktrisa,