Özbekiston Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi – TMXIga a'zo böldi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi xabar qildi.
Özbekiston Markaziy Osiyoda ittifoqqa a'zo bölgan birinçi davlat, dunyoda esa 92-davlatga aylangani töğrisida ma'lumot berilgan.
Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi 1948 yilda YuNESKO taşabbusi bilan taşkil etilgan. Bugungi kunda ittifoqqa 91ta davlat va 120ta davlat taşkiloti a'zo.
Ittifoq bioxilma-xillikni saqlaş sohasida tadqiqotlar olib boruvçi, tabiatning yaxlitligini saqlaş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga hissa qöşuvçi dunyoda yetakçi taşkilot hisoblanadi.
Rasmiy bayonotga köra, ittifoqda iştirok etiş Özbekistonga ekologik loyihalar uçun Global ekologik fond va Yaşil iqlim jamğarmasi grantlarini jalb qiliş, şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida strategik hujjatlarni işlab çiqiş imkonini beradi.

















