Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda korxonaga tegishli yerni 23,1 ming dollarga sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqandda korxonaga tegishli yerni tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lgan fuqaroga 23,1 ming AQSh dollariga sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A.ning jinoiy harakatlari aniqlangan.
U tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga «Daxbet suv inshooti» korxonasiga qarashli 21 sotix yer o‘ziga tegishli ekanini aytgan. So‘ng ushbu joyda ishlab chiqarish sexi qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga K.dan 23 100 AQSh dollari olgan.
A.A. fuqaro K.dan olgan 23 100 dollardan 1 500 AQSh dollarini ixtiyoriy ravishda qaytarib bergani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026