Raundda Metaplanet investkompaniyasi, Y Combinator akseleratori va xususiy investorlar - robototexnik Piter Abbel, restorator Zaid Ayub iştirok etdi.

Mezli kompaniyasi butunlay avtonom modul restoranlar yaratadi. Startapga Stenford universiteti muhandislari Aleks Kolçinski, Aleks Gryubele va Maks Perham tomonidan asos solingan.

Jamoa odatiy qahvaxona va restoranlar bilan taqqoslaganda sifatli taomlarni arzonroq narxda taklif etişi mumkin bölgan tizimni işlab çiqişni istadi.

“Burrito bir tarelkasining tannarxi 3 dollar, biroq iş haqi, soliq va boşqa xarajatlar tufayli uning qahvaxonadagi narxi 10 dollar”, deydi Aleks Kolçinski. Boş oşpaz Erik Minnix bilan birgalikda muhandislar avtonom restoran işlab çiqdi.

Hozirda Mezli restorani prototipi Kaliforniyadagi KitchenTown kompaniyasi ofisida faoliyat yuritmoqda. Restoran taxminan 18 m.kv joy egallagan. Bu masalliqlar bilan töldirilgan alohida bloklardan iborat.

Restoran Örta Yer dengizi usulidagi idişlar, şuningdek, garnir va içimliklar taklif etadi. Taomlar narxi 4,99 dollardan boşlanadi. Foydalanuvçilar buyurtmani onlayn yoki restoran tablosida rasmiylaştirişlari, undan keyin esa “aqlli” şkafdan yegulikni olişlari yoki yetkazib berişni rasmiylaştirişlari mumkin.

Kompaniya qölga kiritilgan mablağni 2022 yilda restoranning uçinçi versiyasini işga tuşiriş uçun yönaltiradi. Bundan taşqari, kelajakda kompaniya modul restoranlarni 3D printerda çop etişni rejalaştirmoqda. Bu esa ularni odatdagi restoranlarga qaraganda tezroq işga tuşiriş imkonini beradi.