Germaniyalik psixologlar “Kalmar öyini” serialini tomoşa qiliş kiçik yoşdagi bolalarda ruhiy jarohatlar hosil qilişi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar berdi DPA agentligi.

“Teleşou ayniqsa 10 yoşdan kiçik bolalar ruhiyatiga jiddiy ta'sir körsatişi mumkin”, – dedi Bavariya teleradiokompaniyasining OAV böyiça eksperti Mayya Gyots.

Mutaxassislarning fikriça, “Kalmar öyini”dagi köplab zöravonlik sahnalari bolalarda ruhiy zöriqiş paydo bölişiga olib keladi.

“Bolalar serialdagi zöravonlik sahnalaridan jamiyatga nisbatan tanqid bildiriş usuli sifatida foydalanilganini tuşunmaydi”, – dedi Gyote universitetining bolalar va ösmirlar psixoterapiyasi bölimi boşliği Mayne Katayun Lindenberg.

Uning qöşimça qilişiça, serial bolalarda tajovuzkorlik kuçayişiga olib kelişi mumkin. Germaniya OAVning xabariga köra, mamlakatdagi boğça va maktablarda serialdagi xavfli öyinlarni takrorlaş holatlari qayd etilgan.

Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” seriali omon qoliş haqida bölib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kişidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablağni yutib oliş imkoniyatini beruvçi bolalar öyinlarini öynaş taklif etiladi, ammo öyinda yutqazganlar hayot bilan vidolaşişiga töğri keladi.