Endi kompaniya öz nomidan foydalaniş huquqini Mark Tsukerbergga 20 mln dollarga sotmoqçi.

Meta PCs hammuassisi Zak Şatt The Guardian naşriga kompaniya ötgan yilning noyabrida röyxatga olinganini aytib ötgan. Oradan qariyb bir yil ötgaç, ular öz firmasi nomini Meta PCs deb ataşga rasman ruxsatnoma olişgan.

Ötgan haftagaça Facebook jamoasidan heç kim kompaniya nomi Meta’ga özgarişini bilmagan. Şatt ham, uning yana bir hamkori Jo Darjyer ham nomni kamida 20 million dollarga sotişlarini ta'kidlaşmoqda.

Meta nomlanişini röyxatga oliş uçun ariza

Facebook’dagilar ularning Meta savdo belgisi uçun zarur hujjatlari borligini aytib, Meta PCs’ning mahsulot belgisi böyiça petitsiyasi hali qanoatlantirilmagan, deb hisoblaşmoqda.

Şuningdek, zaruriyat tuğilganda Tsukerberg foydalansa böladigan köplab yuridik tuynukçalar bor, masalan, mahsulot belgisini boşqa mamlakatda röyxatdan ötkazib, bu yöldan AQŞda legallaştirişda foydalaniş.

Ötgan haftada Facebook kompaniyasi öz nomini özgartirişi haqidagi miş-mişlarni tasdiqladi. Garçi ijtimoiy tarmoq platformasi Facebbok brendini saqlab qolgan bölsa-da, kompaniyaning özi endi Meta deb ataladi, sönggi paytlar Tsukerberg köp tilga olayotgan VR/AR metaolami şarafiga.