Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta'lim muassasalari reytingini e'lon qildi. Reytingda eng oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.

Reyting 207 ta tuman va shaharlarda joylashgan 9 622 ta maktab faoliyati tahlili asosida chiqarilgan, bu orqali viloyatlar, tuman shaharlardagi ta'lim sifatiga baho berilgan.
Maktab ta'limi sifati bo‘yicha tuman va shaharlar reytingida yuqori o‘ntalik:
- Navoiy shahri;
- Yakkasaroy tumani;
- Nukus tumani;
- Zarafshon shahri;
- Uchquduq tumani;
- Bektemir tumani;
- Mirobod tumani;
- Qorovulbozor tumani;
- Bo‘ston tumani;
- Yashnobod tumani.
Reytingdagi so‘nggi o‘ntalik:
- So‘x;
- Uzun;
- Beruniy;
- Chiroqchi;
- Dehqonobod;
- To‘rtko‘l tumanlari;
- Namangan shahri;
- Muzrabot tumani;
- Marg‘ilon shahri;
- Bo‘zotov tumani.
Ushbu reyting hokimlar va ularning ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga ham berilgan baho hisoblanadi.














