Rossiyalik milliarder Roman Abramoviçning Boeing 767-300ER yölovçi samolyoti sotuvga qöyildi, deb xabar berdi Forbes öz manbalariga tayanib.

Havo kemasini sotiş bilan Global Jet Monaco SAM operatori şuğullanmoqda. Naşr manbalarining sözlariga köra, uning taxminiy narxi 100 mln dollarni taşkil etadi.

34 nafargaça yölovçini siğdira oladigan Boeing 767-300ER samolyoti 2003 yilda işlab çiqarilgan va 2007 yildan foydalanila boşlangan. U öşanda 315 mln dollarga sotib olingan. Layner öquv zali, uçta yotoqxona, oşxona va mehmonxona bilan jihozlangan. Samolyotning parvoz masofasi 11,3 ming kilometrni taşkil etadi.