Xorijda haydovçilik guvohnomasini oliş maşaqqatlari: öqimagan yiqiladi, kelişişga imkoniyat yöq
|01:24 / 03.11.202131 22711 min
Rivojlangan davlatlarda maşina haydaş qonun-qoidalarini puxta özlaştirganlargagina haydovçilik guvohnomasi beriladi. Ham Özbekistonda, ham çet elda avtomobil haydaş guvohnomasini oliş jarayonidan bevosita xabardor insonlar öz tajribalari bilan örtoqlaşişdi.
Foto: Sibnet.ruFoto: Sibnet.ru
Alfiya Klave, Fransiya, Parij şahri:
— Fransiya haydovçilik guvohnomasi oliş nihoyatda murakkab, çunki bu yerda imtihon olişga juda qattiq talablar qöyiladi. Mening tanişlarim içidan barçasi bir neça urinişda topşirişgan. Bir tanişim şu sinovni olti marotaba topşirgan va öta olmagaç, gap imtihon oluvçi markaz yoki instruktorda degan xayol bilan hattoki boşqa şaharlarda ham urinib körgan. Ammo tajriba şuni körsatadiki, gap alohida markaz yoki şaxsda emas, tizimda: yaxşi tayyorgarlik körmaganmisan yiqilasan – tamom.
Bu yerda sinovlar, xuddi Özbekistondagiday, nazariy va amaliy topşiriladi. Nazariy test kompyuter orqali topşiriladi va albatta, heç kim bilan “kelişib” bölmaydi. Dasturni aldab bölmaydi.
Amaliy imtihon esa ançagina qiyin. Unga kiriş uçun avval siz instruktor bilan kamida 30 soat avtomobil haydaş tajribangiz bölişi şart.
Fransiyada hamma avtomaktablar tizimidan ötadi. Odatiy, eski usulda işlovçi avtomaktablar bilan birga zamonaviy, innovatsion öquv dargohlariyam bor, ular barça öquv dasturlarini avtomatlaştirişgan, internetga yuklaşgan. Nazariy va amaliy tayyorgarlik parallel ravişda olib boriladi.
Öquv jarayonida oraliq imtihonlari topşiriladi, ulardan öta olmasangiz, keyingi mavzularga öta olmaysiz, dastur sizni bloklab qöyadi. Masalan, “buriliş” yoki “parkovka” mavzusida amaliy nazoratni topşira olmadingiz. Öqişni davom ettiriş uçun siz mustaqil maşq qilib yoki repetitor yollab, uni qayta topşirişingiz talab etiladi. Şu sababli 30 soatlik tajriba talab qilinganida “kamida” deb qöşib qöyiladi, odatda hamma 40 soatdan 60 soatgaça maşq qiladi.
Fransiyada maşina haydaşni örganib, imtihonga tayyorgarlik köriş davomida şunçaki maşina boşqariş bilan akademik haydaşning orasidagi farqni tuşunib yetdim.
Akademik haydaş nima degani? Misol uçun, siz har kuni darvozangizdan orqalab maşinani haydab olib çiqasiz va işonçingiz komilki, sizga xalaqit beradigan heç narsa yöq, çunki 30 soniya avval, maşinaga ötirişdan oldin bunga yana bir bor qarab qöydingiz. Ammo rulga ötirgaç, manyovrni amalga oşirişdan orqa oynalarga qaraşga majbursiz.
Mening öqişim ança çözilib ketdi. Amaliy maşğulotlarim 40 soatni taşkil qildi, ammo imtihon topşirgunimgaça bir yarim yil ketdi. Qisman buning sababi pandemiya bölgan bölsa, qisman özimning imtihon oldidagi qörquvim böldi. Atrofimda barça yiqilaverganini körib, özimga işonç yuqori bölmagunça mustaqil öqişga qaror qildim.
Mavzuga oid
Men imtihonni birinçi martadayoq topşira olganimdan juda faxrlanaman. Tan oliş kerakki, bu köproq istisno holat va uzoq, oğir mehnatning samarasidir. Nazariy bilimlarni mustaqil örganişdan taşqari men repetitor yollab, amaliy maşğulotlarniyam ideal darajada bajarmagunça töxtamadim. Xarajatlarga kelsak, guvohnoma olişim 2 ming yevroga tuşdi.
Rasuljon Obidjonov, Yaponiya, Hiogo prefekturasi:
— Yaponiyada haydovçilik guvohnomasini ikki yöl bilan olsa böladi. Birinçisi: Yaponiyada avtomaktabda öqib, oliş, ikkinçisi boşqa mamlakatda olingan “prava”ni Yaponiyaga ötkaziş.
Şaxsan mening guvohnomam bölgani uçun ikkinçi usuldan boşlasam. Buning uçun siz avvalo özingizning mamlakatingizda kamida uç oylik tajribaga ega bölişingiz şart. Söng öz guvohnomangizni JAF (Japan Automobile Federation) degan taşkilotga olib borib, yapon tiliga tarjima qildiriş kerak. Bu örtaça 35 AQŞ dollariga tuşadi. Uşbu tarjima qilingan guvohnoma bilan pasport va rezidentlik kartoçkasi bilan mutasaddi idoraga topşiriladi. Hujjatlarni tekşirib bölgaç, sizni nazariy imtihonga qöyadi.
Imtihon asosan yapon va ingliz tillarida böladi va 10ta savoldan iborat böladi. Imtihon topşiriş 25 dollarlar atrofida böladi. 10ta savol uçun 5 daqiqa beriladi, savollar oson emas, ammo qoidani bilgan va tajribaga ega bölgan haydovçi uçun katta qiyinçilik tuğdirmaydi. Amaliy bosqiçga ötiş uçun kamida 7ta savolga töğri javob berişingiz kerak böladi.
Amaliy imtihonning vaqtini oldindan belgilab olişingizga töğri keladi. Imtihon oluvçilarning iş grafigi ança ziç bölgani uçun böş vaqtini topib, öşa paytga keç qolmay boriş kerak. Imtihon maxsus maydonda olinadi, u yerda Yaponiya uçun odatiy bölgan tor köçalar, murakkab estakadalar örnatilgan. Sizga oldindan topşiriq (manyovr)lar töplami beriladi, ularni imtihon oluvçilar nazorati ostida bajarasiz.
Amaliy imtihon judayam qiyin, mutlaq köpçilik birinçi va hatto ikkinçisida yiqilişadi. Maksimal ball 100 ball, har bitta xatongiz uçun 5 balldan va undan köproq ham ayriladi. Muvaffaqiyatli topşiriş uçun kamida 70 ball töplaş kerak.
Imtihon murakkabligi sababli köpçilik xususiy avtomaktablarga borib dars olişadi. Darslar soatbay, bir soat maşğulot 100 dollar atrofida. Öşa yerda maşq qilib, keyin imtihon topşirgani borsangiz, bu sizning topşira olişingiz uçun imkoniyatlarni oşiradi.
Imtihondan ötgan taqdiringizda sizni rasmga olişadi, 20 dollar tölov qilasiz va ikki soatça kutib turasiz. Şu vaqt oraliğida sizga guvohnomangizni topşirişadi. Şunda siz öz vataningizda olgan guvohnomangiz bilan Yaponiyada avtomobil haydaşingiz uçun örtaça 200 250 dollar sarflaysiz (qöşimça darslar bilan).
Modomiki siz noldan öqib olmoqçi bölsangiz, karrasiga köp vaqt, kuç va pul sarflaşingiz kerak böladi. Misol uçun, nazariy imtihonning özidan 8 martalab yiqilganlarni bilaman. Narxiga kelsak, Yaponiyada öqib haydovçilik guvohnomasi oliş 3000 dollarga aylanadi.
Xursanali Tilavoldiyev, Birlaşgan Arab Amirliklari, Dubay şahri:
— Dubay şahrida havo judayam issiqligi tufayli infrastruktura asosan şaxsiy avtomobilda yuriş uçun möljallangan, ya'ni biz könikkan avtobus, marşrutka va hokazolar bu yerda yöq yoki judayam kam.
Şu sababli men ham özimga avtomobil xarid qiliş va uni haydab yuriş uçun guvohnoma olişga qaror qildim. Bungaça men heç qaçon avtomobil haydamaganman va Dubaydagi keng köçalardagi harakatni körib, içimda qörquv va işonçsizlik bölgan. Bu yöllarda maşina haydab yura olişimga, oçiği, közim yetmasdi. Ammo vaziyat majbur qilganidan guvohnoma olişga ariza topşirdim.
Dastavval avtomaktabga borişga qaror qildim. U yerda menga aytişdiki, birinçi bölib Içki işlar vazirligiga borişim kerak ekan. U yerda mendan 400 dollar atrofida tölov qilişni söraşdi. Buning evaziga menga öquvçi-haydovçi guvohnomasi, reyting daftarçasi va darslik berişdi. Söng köriş qobiliyatimni tekşirişdi: bunga 100 dollar atrofida tölov qildim. Imtihonlar uç bosqiçdan iborat bölar ekan: nazariy, parkovka va katta yölda haydaş.
Avtomaktabga qaytib borganimda bir haftadan keyin birinçi sinov bölişini ma'lum qilişdi. Uyga qaytib, yöl harakati qoidalari kitobini öqiy boşladim. Qoidalar, nazarimda, unçalik qiyin emas edi. Bir hafta ötgaç, IIVga imtihon topşirgani bordim. Kompyuterda topşirilarkan, jami 30ta savoldan kamida 27tasiga javob bergan ötarkan. Yarim soat muhlat berişdi. Men 28ta savolga töğri javob berib, birinçi bosqiç imtihonidan ötdim.
Keyingi parkovka böyiça imtihon bir oydan söngga belgilangan ekan. Bu menga juda uzoq muddatday tuyuldi, men tezroq maşina haydaşni örganib, guvohnoma olmoqçi edim. Imtihonni tezlaştiriş xizmati bor ekan, 80 dollar tölov evaziga uni 2 haftadan keyinga qöyib berişdi va avtomaktabga borib, yaxşilab örganişimni aytişdi.
Avtomaktabda öqiş narxi soatbay hisoblanar ekan: bir soati uçun 20 dollar atrofida. Haydaşni bilmasligimni körib, kamida 20ta dars olişim kerakligini aytişdi. Ammo atrofdagi tanişlarim, döstlarim aytişlariça, 10 soat ham yetarli bölarkan, şunga 10 soat olaqoldim: 5ta dars parkovkaga, 5ta dars katta yölda haydaşga. Birinçi darsdanoq öqitiş tizimi yuqori darajada yölga qöyilganini sezdim. Ikkinçi darsda esa özim parkovka qila oldim.
5ta darsni ötib bölib, parkovka sinoviga bordim. Imtihon 3 bosqiçga bölinarkan: parallel parkovka, garajga kiriş va estakada. Unda yonimda politsiya xodimi nazorat qilib ötirarkan. Parkovka sinovidan muvaffaqiyatli ötdim va menga bir oydan söng katta yöldagi imtihon bölişini aytişdi. Şoşganim sababli yana 80 dollar tölab, 2 hafta surdirdim.
Qolgan 5ta darsni ötdim. Öqituvçilarga ming rahmat, köpçilik nazariga ilmaydigan mayda detallargaça tuşuntirib, har bir qoidani uqtirib örgatmagunça qöyişmadi. Sönggi imtihon yaqinlaşgan sari atrofimdagilar “uçinçi imtihon nihoyatda qiyin böladi”, deb qörqita boşlaşdi. Özimning boşliğim, tajribali haydovçi bölişiga qaramay, 3 urinişda öta olganini aytib berdi. Talab nihoyatda kuçli, negaki Dubay köçalarida harakat tezligi juda yuqori bölgani uçun eng mayda qoidabuzarlik ham ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Menda qörquv paydo böldi. Ustiga ustak, imtihondan ötolmasam yana 80 dollar tölaşimga töğri kelardi.
Uçinçi imtihonni men bilan yana 3 kişi topşirişdi. Katta yölga çiqib ketdik. Birinçi bölib topşirgan odam kamar taqmagani va povorotnikni yoqmagani uçun imtihondan qoldirildi. Ikkinçi topşiruvçi ham şunga öxşaş oddiy xatolar – yon közguga qaramagani, “kör zona”ni köriş uçun kallasini burib qaramagani uçun topşirolmadi. Keyin bilsam, bu ikkitasi 8-marta topşirişi ekan.
Aytib ötiş kerakki, ularning ikkovi ham avtomobilni boşqarişni bilar edi, ammo imtihonning asl mohiyati avtomobilni naqadar xavfsiz boşqarişingizni aniqlaş ekan. Endi atrofingizga qarang: yöllarimizda neçtasi maşina haydaşni biladiyu, qançasi buni huşyorlik bilan, özi va atrofidagilar uçun xavfsiz uddalay oladi? Javobini bilasiz.
Uçinçi bölib topşirgan inson juda yaxşi haydadi va imtihondan ötdi. U 6-marta topşirişi ekan, barçamiz uni tabrikladik.
Navbat menga keldi: rulga ötirib, kamarni taqdim, asta qözğaldim...
Politsiya xodimi juda xuşmuomala inson ekan, hayajonimni bosişimga yordam berdi. Uning vazifasi yöl körsatib ketiş ekan: öngga yuring, çapga buriling, qayrilib oling, töxtang va hokazo, aytib ketar ekan. Mening vazifam esa avtomobilni huşyor va xavfsiz boşqarib boriş ekan. Oxirida avtomobilni töxtatişni aytdi, parkovka qildim. Inspektor meni imtihondan ötganim bilan tabriklaganida özimda yöq xursand edim, negaki atrofimda barça “ötolmaslikka tayyor turaver”, deyişgandi.
Parkovka va haydaş testi uçun 110 dollardan töladim. Guvohnoma uçun yana 100 dollar tölov qildim va bir haftadan söng poçtadan yetkazib berişdi. Jami xarajatlarim taxminan 1200 dollarni taşkil qildi.