Özbekiston boks jamoasi Angliyaning Liverpul şahri mezbonlik qilgan jahon çempionatining sönggi kunida keçki dasturda ham yana 2 ta oltin medalni qölga kiritdi va oltin medallar sonini 6 taga yetkazib, umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi. 

Keçki dasturda dastlab -60 kg vaznli boksçilar final bahsida Abdumalik Halokov ringga kötarildi va braziliyalik Luiz Gabriel de Oliveyra ustidan 5:0 hisobida ğalaba qozonib, delegatsiya hisobiga beşinçi oltin medalni keltirdi.

Boksçining özi uçun bu ikkinçi bor jahon çempionligi böldi. Halokov bu safargi turnir davomida turkiyalik Mehmetxan Çinor, italiyalik Jiuseppe Kanoniko, qozoğistonlik Bibars Jyeksen hamda yaponiyalik Şunsuke Kitamotoni mağlub etgandi (yarimfinaldagi raqib qoşi yorilgani tufayli jangni davom ettira olmadi).

Şundan keyin ayollar jamoasining finaldagi yagona vakili Navbahor Hamidova (-65 kg) öz iştirokini ötkazdi. Ammo u hal qiluvçi bahsda prinsipial raqib, qozoğistonlik Aida Abikeyevaga 0:3 hisobida mağlub böldi va kumuş medal bilan kifoyalandi.

U birinçi va ikkinçi raundlarni öz hisobiga yozib qöygandi, ammo hal qiluvçi raunddagi sustkaşligi tufayli ğalabani boy berdi.

Bu Hamidova uçun jahon birinçiliklaridagi ikkinçi kumuş böldi.

-85 kg vaznli boksçilar final bahsida esa Akmaljon Isroilov angliyalik Tign Stott ustidan işonçli ğalabaga erişdi va jamoa hisobiga oltinçi oltin medalni keltirdi.

19 yoşli Isroilov finalga qadar yölda avstraliyalik Laçlan Lavson, ispaniyalik Rikardo Fresneda hamda avstriyalik Miçayel Fares Derouiçega imkon qoldirmagandi.

Uning oltinidan söng turnir jadvali peşqadamlari – Özbekiston va Qozoğiston hisobidagi oltinlar soni tenglaşdi (qozoğistonliklarning uçta oltinini ayollar jamoasi keltirgan) va barçasi +90 kg vazn toifasidagi final jangida hal qilinadigan böldi.