Özbekistonda Telegram va 3 noyabr kuni «Özkomnazorat» tomonidan Şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga qöşilgan boşqa ijtimoiy tarmoqlar (YouTube, Instagram, Facebook va «Odnoklassniki») faoliyati tiklandi.

Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadovning ma'lum qilişiça, Telegram va boşqa ijtimoiy tarmoqlarni çeklaş töğrisida Özbekiston hukumati tomonidan körsatma berilgan.

«Hukumat körsatmasiga asosan «Özkomnazorat» tomonidan bir yoqlama, uzoqni öylamay qilingan harakat haqida Prezident xabar topdilar. Öylaymanki, tez orada barça tarmoqlarga ulaniş tiklanadi», deya xabar qoldirdi Asadov birinçi postida.

Kun.uz manbasi aniqlik kiritişiça, ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini çeklaş böyiça topşiriq hukumatdan «Özkomnazorat»ga bir kun oldin kelgan. Odatda bunday darajadagi jiddiy topşiriq töğridan töğri hukumat rahbari Abdulla Aripov tomonidan beriladi.

  • Ma'lumot uçun, boş vazir Abdulla Aripov mutaxassisligiga köra elektroaloqa böyiça muhandis hisoblanadi. U 2002-2005 va 2005-2009 yillarda Özbekiston hukumatida boş vazir örinbosari sifatida aloqa va telekommunikatsiya masalalariga mas'ul bölgan.

Prezident Administratsiyasiga aloqador hisoblangan «Nigoh» kanali esa hukumatning ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini çeklaş töğrisidagi qarori barça huquqiy va texnik me'yorlarga rioya qilgan holda belgilangan tartibda rasmiylaştirilmagani, bu haqda Prezident Administratsiyasiga xabar berilmagani haqida xabar qoldirdi.

Köp ötmay «Özkomnazorat» rahbari yuzaga kelgan holat uçun işdan olinib, uning harakatlari yuzasidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.

«Prezident topşiriğiga asosan Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi boşliği Ğolibşer Ziyayev notöğri va kelişilmagan xatti-harakatlari uçun egallab turgan vazifasidan çetlatildi, röy bergan holat yuzasidan tergov-suriştiruv harakatlari olib boriladi», deyiladi Asadovning ikkinçi postida.

Ğolibşer Ziyayev / Kun.uz