Microsoft asosçisi, milliarder Bill Geyts dunyoni nafaqat yangi pandemiyalar, balki biologik qurol orqali amalga oşiriladigan ehtimoliy terrorçilik hujumlariga ham tayyor turişga çaqirdi, deb yozadi BBC.
Uning fikriça, bu virus tarqalişidan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi.
Geytsning sözlariga köra, bunday tahdidlarga qarşi turiş uçun epidemiologik xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar uçun milliardlab dollar sarflaş va yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşişning aniq mexanizmlarini işlab çiqiş lozim.
«Tabiiy epidemiyalar va bioterrorizm oqibatida yuzaga keladigan epidemiyalar mavjud. Ikkinçisi, bugun boşimizdan keçirayotgandan ham yomonroq bölişi mumkin», — dedi milliarder.
U Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini epidemiologik vaziyatni kuzatuvçi maxsus işçi guruh tuzişga çaqirdi. Mutaxassislar bioterrorçilar hujumlarini qaytariş va hujum oqibatlarini bartaraf etiş böyiça maşğulotlar ötkazadi.












