2021 yil boşida mutaxassislar yil davomida yoşlar duç keladigan 5 asosiy muammoni prognoz qilişdi. Yil tugamoqda, sizda 2021 yil davomida qanday muammolar yuzaga keldi? Maqolani öqing va izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Ta'lim va iş bilan boğliq muammolar
The Young Men's Christian Association tomonidan olib borilgan tadqiqot şuni körsatdiki, yoşlarning 44 foizi öqişi va imtihonlari haqida qayğuradi. Bundan taşqari, ta'lim yoşlar hayotining raqobatga boy sohasiga aylandi. Akademik standartlar har qaçongidan ham yuqori, çunki har yili köproq odamlar öqişni davom ettirişi kutilmoqda. Öqişdagi yutuqlari bilan bir qatorda, talabalar özlarining darsdan taşqari maşğulotlarni (deylik, iş, amaliyotda) öz zimmalariga olgan holda har tomonlama rivojlangan insonlar ekanligini isbotlaşlari kerak.

Yoşlar har qaçongidan ham köproq yuqori darajadagi akademik malakaga intilayotgan bölsa-da, ular mehnatga tayyor emas, degan fikrlar mavjud. Bundan taşqari, ularga kattalarga qaraganda kamroq haq tölanadi. Xususan, hozirgi pandemiya şaroitida öqişni bitirişga tayyorlanayotgan köplab yoşlar şogirdlik, stajirovka va umuman, işga joylaşiş borasida qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida noaniqliklarga duç kelişmoqda.
Bu moliyaviy beqarorlik qörquvining kuçayişiga olib keladi. Universitetlar va uy-joy narxi oşgani sayin, yoşlar öz kelajagi uçun rejalarni osongina tuza olmaydi. Köpgina yoşlar maktab yoki universitetdan keyin uyda qolişga majbur böladi.
Ruhiy salomatlik muammolari
Biz hozir ruhiy salomatlik inqirozidamiz. Har qaçongidan ham köproq yoşlar ruhiy salomatlik muammolarini boşdan keçirmoqda. Bu ular hayotining barça sohalariga ta'sir qilişi mumkin: uy, maktab, döstlik va munosabatlar. Hali ham ruhiy salomatlik haqida stigma mavjud va yoşlar qöllab-quvvatlaş uçun qayerga murojaat qilişlarini tuşunişlari muhim.

















