Tumanlarda eski tartibdan çiqib, umuman yangi körinişdagi kutubxonalar taşkil etiş maqsad qilinadi, bu boradagi loyiha ekspertizadan ötkazilmoqda. Bu haqda Kun.uz bilan suhbatda AOKA axborot-kutubxona tizimini rivojlantiriş bölim boşliği Qobiljon Tursunov ma'lum qildi.

«Yangiça kutubxonalar, nafaqat kitob olib öqişga, balki yoşlarning muloqot maydonçasiga aylanişi kerak. Yoşlar bu yerda faqat kitob öqibgina qolmay, özlarini qiziqtirgan narsalar yuzasidan muloqot qilişi mumkin böladi. Bu yerda co-working markazlarining taşkil etilişi ham yoşlarni köproq jalb etiş masalasiga qaratilgan. Bosma naşrdan tinç kitob öqib ötiriş imkoniyati, yoki tom qismlarida book-cafe’lar taşkil qilib, bir piyola çoy ustida muhokamalar qiliş imkoniyatini yaratiş uçun şunday loyiha qildik.

Loyihamiz oxiriga yetay deb qoldi va uni ekspertizadan ötkazyapmiz. Yangi körinişdagi kutubxonalarni tumanlarda quriş masalasida taklifimizni hukumatga kiritdik. Tumanlarda 2026 yilgaça bosqiçma-bosqiç qurib boriş, moliyalaştiriş masalalarini kötardik. Tuman kutubxonalarida ham Alişer Navoiy kutubxonasidagi şaroitlarni yaratişimiz kerak», — deydi u.

Avvalroq, Kun.uz yoppasiga yopilgan kutubxonalar va ularning yopiliş sabablari borasida körsatuv e'lon qilgandi.












