Kiçkina bölsa ham, boğing va kutubxonang bölsa, sen heç narsaga muhtoj emassan, deydi qadimgi Rim faylasufi Sitseron.

Bizni esa tobora kamayib borayotgan boğlar va daraxtlar bilan birga, yöqlik qa'riga singib borayotgan kutubxonalar ham taşvişga soladi.

Kutubxonalarga nisbatan nega “yöqlik qa'riga singib borayotgan” sifatdoşini işlatganimizni raqamlar aytadi.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda kutubxonalar va axborot resurs markazlarining soni 2000 yilda 6027tani taşkil etgan bölsa, 2020 yilga kelib 400 dona qolgan.

20 yil oldin şaharlarimizda 1013 ta kutubxona bölgan bölsa, 2020 yilda ularning soni 361taga tuşgan.

Qişloqlarda saqlanib qolgan kutubxonalarga oid raqamlar yana ham hayratlanarli: 20 yil içida 5014ta kutubxonadan 39tasi qolgan xolos.

“Jamiyat fojiasi kitob öqiş kamayişidan boşlanadi”

Qişloqlar mayli, hatto şaharlarda vaziyat ham havas qilgulik emas. Bu haqda bukbloger Mahin Nursaidova şunday deydi.

“Özbekistonda birinçidan kutubxona kam, ikkinçidan borlari ham qayerda joylaşganini kitobxonlar, hatto öqimişli insonlar ham bilmaydi. Öylab qolaman, bizning muammomiz kutubxona kamligimi yoki odamlar ularning qayerda joylaşganini bilmasligimi?

Yoşligimizda ayni ta'til paytlari asosiy vaqtimiz kutubxonada ötardi. Har bir mahallaning öz kutubxonasi bölardi. Kutubxonaga a'zo böliş tekin edi. Kitobni tanlaş, köriş, öqiş uçun alohida va muhokama uçun xonalar bor edi. Hozirgi zamonga olib qaraydigan bölsak, bor kutubxonani ham yopişdi. Kitoblarni şaxsan özim söraganimda makulaturaga berib yuborişganini aytişdi.

Yangi kutubxona oçiş, rivojlantiriş örniga, borini ham yopib içidagi kitoblar qayerga ketganini heç kim bilmaydigan ahvolga solib, örniga boşqa narsalar qurişdi. Öqituvçimning uyida kitoblar köpayib ketgandi, qiziqib söraganimda “kutubxona yopilişidan oldin kitoblarni boylab-boylab yerga otib yuborişganda olib ketganman”, — degandilar.