Tunis sobiq prezidenti Monsef Marzuqiy xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Tunis Afrique Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, sobiq davlat rahbariga nisbatan suriştiruvga rahbarlik qilayotgan sudya ana şunday qaror çiqargan.
Tunisning amaldagi prezidenti Kais Said 14 oktabr kuni Marzuqiyning France 24 telekanalida qilgan çiqişida aytgan sözlaridan söng adliya vazirini unga nisbatan suriştiruv boşlaşga çaqirgandi.
Marzuqiy Fransiya telekanaliga bergan intervyusida 20-21 noyabr kunlari Tunisning Jyerba orolida ötkazilişi möljallangan fransuz tilida sözlaşuvçi mamlakatlar sammitini ortga surganidan faxrlanişini aytgandi.
Monsef Marzuqiy 2011-2014 yillarda Tunisga rahbarlik qilgan.












