Reznikov nomzodini 276 deputat qöllab-quvvatlagan.
3 noyabrda rada öz yiğilişida mudofaa vaziri Andrey Taranning iste'fosini qöllab-quvvatlagan. Avvalroq uşbu lavozimni 2020 yildan beri egallab kelgan Taran iste'foga çiqiş haqida ariza topşirgan.
Bundan taşqari, boş vazirning birinçi örinbosari, iqtisodiyot vaziri Aleksey Lyubçenko, boş vazir örinbosari, okkupatsiya qilingan hududlarning reintegratsiyasi masalalari böyiça vazir Aleksey Reznikov, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy zaxiralar vaziri Roman Abramovskiy öz lavozimlaridan böşatilgan.
Ukraina konstitutsiyasiga köra, prezident taşqi işlar va mudofaa vaziri lavozimlariga nomzodlarni parlamentga tasdiqlaş uçun ilgari suradi. Hukumatning qolgan a'zolari bevosita rada tomonidan tayinlanadi. Vazirlar ham parlament tomonidan böşatiladi.












