-60 kg vaznda özbekistonlik Abdumalik Halokov finalda 2017 yilgi jahon çempioni, fransiyalik Sofiyan Oumiaga 0:5 hisobida mağlub bölib, kumuş medalni qölga kiritdi.

Ma'lumot uçun, buxorolik 21 yoşli boksçi finalgaça Daniyal Şaxbaş (Eron, jarohat tufayli ringga çiqmagan), Vsevolod Şumkov (Rossiya), Tadey Çernoga (Sloveniya), Yasin Lyama (Makedoniya) ustidan ğalaba qozongandi.
Şunday qilib, barça 13ta vazn toifasida jahon çempionatiga borgan Özbekiston boks jamoasi musobaqani 1ta kumuş va 1ta bronza (-92 kg, Madiyar Saidrahimov) medali bilan yakunladi.










