Muxolif alyans Spolu Çexiyada oktyabrda ötgan parlament saylovlarida ğalaba qozongandi. Çexiya prezidenti 6 noyabrda Fiala bilan onlayn uçraşuv ötkazişini ma'lum qilgan.
Zemanning aytişiça, u yangi hukumatni şakllantirişni hozirda boş vazir vazifasini vaqtinça bajarayotgan Andrey Babişga taklif qilgan, biroq u buni rad etgan.
Çexiya prezidenti hukumat imkoni boriça tezroq şakllantirilişi uçun barça işni qilişga va'da bergan.
10 oktyabrdan beri Pragadagi markaziy harbiy gospitalda davolanayotgan Zeman Babiş bilan telefon orqali suhbatlaşgan va unga joriy hukumat vakolatlari muddati tugaganini ma'lum qilgan.
Zeman deyarli bir oydan beri şifoxonada qolmoqda. 4 noyabrda u şifoxonaning jonlantiriş bölimidan oddiy palataga ötkazilgan. Unga qöyilgan taşxis haqida aniq ma'lumot berilmayapti. Şifoxona rahbariyati vakilining ta'kidlaşiça, Çexiya prezidentining şifoxonaga yotqizilişiga ovqatlaniş rejimi buzilgani tufayli qözğagan surunkali kasallik sabab bölgan.

















