Joriy yil 4 noyabrdan mamlakat ayrim hududlarida va Toşkent şahrida boşlangan mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisasi oqibatida “Tez yordam” xizmatiga allergik reaksiyalar va bronxial astma xuruji bilan boğliq murojaatlar soni oşgan. Bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etilib, “Tez yordam” xizmati tomonidan aholiga zarur tibbiy yordam körsatiş çoralari körilmoqda.
“4 noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga jami çaqiriqlar soni 4082 tani taşkil etib, 3 noyabr holatiga köra, murojaatlar soni 649 taga oşdi. 5 noyabrdan 6 noyabr soat 06.00 ga qadar umumiy çaqiriqlar soni 4110 taga yetib, nafas oliş bilan boğliq murojaatlar soni 709 tani (jami çaqiriqlarning 17,2 foizi) taşkil qildi. Şundan allergik reaksiyalar bilan 36 ta, bronxial astma xuruji bilan 122 ta murojaat bölib, ularning 11 tasi gospitalizatsiya qilindi.
Eslatib ötamiz, yurtimiz aholisi bunday ob-havo şaroitida zarurat sezganda, öz hududidagi oilaviy şifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilib, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanişlari mumkin”, deya ma'lum qilgan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasi boş şifokori Doniyor Böriboyev.
Ta'kidlanişiça, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va şahar bölimlarida zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda töliq ta'minlangan va vazirlikning “1003” qisqa raqamli Sall-markazining malakali mutaxassislaridan çangli havodan qanday himoyalaniş böyiça kun-u tun kerakli maslahat va tavsiyalar olişlari mumkin.
Ma'lumot uçun, 12 noyabr sanasiga qadar yoğingarçilik kutilmayotgani bois mutaxassislar havodagi zararli çang-ğubor yaqin kunlar içida ham saqlanib qolişini ma'lum qilişgan.












