Toşkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirova haykal majmuasini quriş uçun 28,4 milliard söm hamda zamonaviy kutubxona binosini quriş uçun 6 milliard söm mablağ ajratiş böyiça farmoyiş çiqardi.

Unga köra, jami 34,4 milliard söm mablağ Toşkent viloyati mahalliy budjetining 2021 yil III çorak yakunida şakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan «Toşkent viloyatida biznes markazlarini quriş direksiyasi» DUKka ajratiladi.

Şuningdek, farmoyişda viloyat hokimining avvalgi — 2021 yil 23 apreldagi farmoyişi asosida Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirova nomiga haykal majmuasini quriş va atrofini obodonlaştiriş işlari uçun ajratilgan mablağdan işlatilmagan 4,91 milliard sömlik qismini belgilangan tartibda viloyat mahalliy budjetiga qaytariş kerakligi aytilgan.

Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qişloğida yaşagan Zulfiya Zokirova turmuş örtoği vafot etgaç beş öğil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ayol Ikkinçi jahon uruşida beş nafar öğlining baridan ayrilgan.

2019 yil 9 may – Xotira va qadrlaş kunida prezident Şavkat Mirziyoyev Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan beş öğli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtaşam haykal örnatiş hamda unga «Matonat madhiyasi» deb nom beriş taklifini bildirgan edi.

2020 yil Toşkent şahridagi Ğalaba boği markazida bu haykal oçildi, şuningdek Zulfiya Zokirovaga bağişlab badiiy film yaratildi.