Korzinka.uz supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov poytaxtda çangli havo kuzatilayotgan bir vaqtda atrof-muhit, korxona va binolardagi tozalikni ta'minlovçi mehnatkaşlar haqida öz kanalida post joyladi.
«Bugun men tozalik böyiça menejyerlarimizning qahramonona mehnatini nişonlamoqçiman. Biz Korzinka'da binolar va hududlarni tozalaş uçun mas'ul bölgan texnik xodimlarni şunday ataymiz.
Ammo bu nafaqat bizning xodimlarimizga tegişli. Korxonalarda, idoralarda, umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida, çakana savdo, madaniy-maişiy obektlarda va boşqa muassasalarda ön minglab ajoyib mehnatkaş insonlar mehnat qilmoqda, ularning fidokorona va ehtimol har doim ham munosib qayd etilmaydigan maşaqqatli mehnati tufayli biz har kuni özimizni toza, qulay va xavfsiz his qilmoqdamiz.
Şu kunlarda ularning odatda kamtarona baholanadigan, lekin şu bilan birga heç bir darajada ahamiyati past bölmagan mehnatlarisiz hayotimiz çidab bölmas bölar edi. Şu bilan birga, uylarimiz va kiraverişlarimizni, köçalarimizni, boğ va maydonlarimizni tozalayotgan barçaga rahmat aytaman. Siz har kunimizning haqiqiy super qahramonisiz. Sizga katta rahmat!», deb yakunlagan postini tadbirkor.













