AFEX – tadbirkorlarga barça turdagi işlab çiqariş uskunalari, maxsus texnikalar va xomaşyolar yetkazib beruvçi kompaniya. Özbekiston böylab bugunga qadar 2000ga yaqin uskunalarni mijozlarga muvaffaqiyatli yetkazib bergan.

Boş ofisi va körgazmalar zali Toşkent şahrida joylaşgan kompaniyaning Navoiy, Guliston va Samarqand şaharlarida dilerlik savdo markazlari faoliyat yuritadi.

Kompaniya bilan yaqindan tanişiş maqsadida şourumga, buyurtmalar dastavval kelib tuşadigan bojxona omboriga va boş ofisga taşrif buyurdik.

“Biznesga kirib keliş, muvaffaqiyat qozoniş oson bölmagan. Kiçik oldi-sotdi işlari, bozorlarda aravakaşlik orqali tadbirkorlik sari qadam qöyganmiz. Işimiz birdan rivojlanib ketdi deya olmayman. Çuv tuşgan vaqtlarimiz ham bölib turdi. Germaniyaga 15 ming dollarlik sarmoya çiqarib, buyurtma bergan yukimizni ololmaganmiz”, – deydi AFEX Group savdo menejeri Uluğbek Ğaniyev.

Uluğbek Ğaniyev

“2019 yilda tuyaquş savdosi trendga çiqib ketib, köplab biznesmenlar Afrikadan tuyaquş olib kelib berişni söraşgan, – deya davom etadi u. – Olib kelganmiz, yarmi aeroportda ölib qolgan. Inson köp yiqilgan yerida ravon yuradi deganlaridek, biz ham xatolar evaziga yönalişni töğrilab boraverdik. Ota-onamiz duosi, Allohning bergan omadi sababidan bugun yaxşi natijalarga erişyapmiz”.

Işlab çiqariş uskunalari Xitoy, Rossiya, Turkiya, Belarus, Avstriya va boşqa davlatlardan olib kelinadi.

Kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri– işlab çiqariş uskunalarini sotişda Markaziy Osiyo bozorida ham yetakçilikni qölga kiritiş. Bu maqsad yölida kompaniya Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Afğoniston hududiga ham uskuna yetkazib berişni boşlagan.

“Aksariyat uskunalar Xitoydan buyurtma qilinadi. Sababi narx borasida özbekistonlik mijozlar uçun “Made in China” mahsulotlari köproq ma’qul kelyapti. Şu sababdan Xitoyda ham ofis oçişga töğri keldi. Avval özimiz tekşirib, mahsulotning haqiqatda sifatli ekaniga işonç hosil qilgandan sönggina xarid qilamiz”