Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov «Mening yurtim» telekanaliga bergan intervyusida ayol va erkaklarning teng huquqli ilm olişi jamiyatga nima berişi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Bu jamiyatimizga faqat foyda keltiradi. Maktablarimizda öğil bola ham, qiz bola ham bir xil huquqda öqişiga e'tibor beramiz. Kitoblar çiqarilayotganda ham e'tibor bersangiz qiz bola, öğil bola rasmi qöyiladi. Faqat öğil bola rasmi qöyilib, qizlar çetda qolib ketmaydi.

Qizlarni öqitişning jamiyatga foydasi juda köp. Hayotda mana bu qiz öz joniga qasd qilibdi yoki oilada zöravonlikka uçrabdi kabi boşqa xabarlarni eşitib qolamiz. Bularning tagi, hammasi – bilimsizlikdan. Ertaga oilaviy mojaro bölişi ham, qizning çiqolmaydigan boşi berk köçaga kirib qolişi ham, boşqa narsalarning oldini oladigan narsa – ilm, ta'lim.

Tan olişimiz kerak, farzand tarbiyasiga köproq ona qaraydi. Farzandimiz kelajakda muvaffaqiyatga erişişini xohlaydigan bölsak, albatta uning onasi yaxşi öqigan bölişi kerak. Onaning özi bilimli bölmasa, farzandi bilan qanday qilib uy vazifalarini bajaradi? Bolasini kelajakda oliy ta'limga kirişiga qanday qilib tayyorlaydi? Bolasi bilan kattaroq maqsadlar qöyişga qanday qilib harakat qiladi?» - dedi Şermatov.

Vazir axborot texnologiyalari sohasi qizlar uçun keng imkoniyatlar berişini aytib ötdi.

«Axborot texnologiya sohasiga, afsuski, qizlarimiz kam topşirardi. Aslida bu soha qizlarga köproq imkoniyat oçadi. Özimiz tuğilib ösgan Eski şaharda tuğilgan ayol bölgan taqdirda ham uyda ötirib bemalol autsorsingga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi. Turmuş qurganidan keyin ham uy bekasi bölaman, öz umrini köproq farzand tarbiyasiga bağişlayman, köçaga çiqib işlamayman, degan taqdirda ham uyda ötirib, oila uçun qöşimça daromad topaveradi. Bundan taşqari, ertaga farzanddarini ham şu yönalişga örgatişga öz hissasini qöşa oladi», - dedi u.

Şerzod Şermatov jamiyatning töylar borasidagi dunyoqaraşini özgartiriş kerakligi haqida ham öz fikrlarini bildirdi.

«Özimizning qaysidir odatlarimizni sekin-sekin töğrilaşimiz kerak. Masalan, butun umr faqat töy uçun yaşaş kerak emas. Aksariyat odamlarimiz butun umr töy uçun yaşaydi. Yiğganini bir haftalik töyda soçvorişi kerak [deb hisoblaydi]. Qiz uzatişda ham butun umr yiqqanini qizga sarpo qiliş, oş beriş bilan «yöq qilib yuboradi». Ertaga u qiz ajraşib keladi – bu keyingi masala.

Bunday olib qaralsa, bu ham sarmoya. Neça ming dollarlik töy qiladi, eng kazo-kazo artistlarni aytadi. Bu juda qimmat turadi. Töyni katta qilib, hammaga yedirib-içirib, ertaga bolasi ilmsiz bölib qolganidan nima foyda? Şuning uçun butun jamiyat dunyoqaraşini özgartirişimiz kerak. Eng yaxşi meros bu – berilgan ta'lim-tarbiya. Boşqa meroslarning hammasi yöq bölib ketadi. Yoş oilada köp janjallar nimadan çiqadi? Rözğordagi yetişmovçilikdan çiqadi», - dedi vazir.