Korrektorning birinçi partiyasi kotiba tomonidan garajda yaratilgan. Keyinçalik bu bir neça million dollarlik savdolarga ega kompaniyaga aylandi.

1950-yillardagi maşinkaçi qizlar. Xatolarni töğrilaş uçun korrektor yaratgan Gremning özi ham yozuv maşinkasida işlagan. CNBC

Bölajak kaşfiyotçi 1924 yilda Texas ştatidagi Dallas şahri yaqinida tuğilgan. Harbiy Uorren Nesmitga turmuşga çiqib, öğil farzandli bölgan. Turmuş örtoği Ikkinçi jahon uruşidan qaytgaç, er-xotin ajraşişadi va farzand tarbiyasi yolğiz Gremning zimmasiga tuşadi.

1957 yil, Grem öğli Maykl bilan The Hustle

U Texas Bank and Trust bankiga kotiba bölib işga joylaşdi. Bankda oyiga 300 dollar işlab topardi (2021 yilda bu oyiga taxminan 3000 dollarga töğri keladi). Keyinçalik u mas'ul kotib lavozimiga kötariladi. 1950 yilda bu bank xodimi egallaşi mumkin bölgan eng yuqori lavozim edi.

XX asr örtalarida IBM elektr yozuv maşinkalarini sotuvga çiqargandi. Biroq klavişlar avvalgi modellarga nisbatan yengil bosilgani tufayli foydalanuvçilar yozuvda tez-tez xato qila boşlaydi. Uglerod plyonkali lentalar xatolarni tuzatişni qiyinlaştirardi.

Korrektorning yaratilişi va ilk savdolar 

Grem öz xatolarini töğrilaş usulini topişni istardi. Lavozimi kötarilguniga qadar u bank oynalarini bezatiş orqali qöşimça pul işlab topardi. U rassomlar xatolarini öçirmasdan, ustidan çizişda davom etişini bilardi. “Ana şu usuldan foydalanişga qaror qildim”, - deya xotirlaydi u.

Grem temper böyoq retseptini kutubxonadan topdi. Suyuqlikni oq tusga kirguniga qadar blenderda aralaştirib, uni tirnoq uçun lakdan qolgan böş flakonga quyadi. Iş hujjatlarida xatolarni tuzatiş uçun ana şu korrektordan yaşirinça foydalana boşlaydi. Öz ixtirosini yaşirişga qançalik harakat qilmasin, tez orada hamkasblari bundan xabar topişdi.