Nobel mukofoti sovrindorlari orasida tibbiyot sohasi vakillari tobora köpayib bormoqda. Bu yil tabiiy-ilmiy yönaliş - fiziologiya va tibbiyot, fizika va kimyo böyiça Nobel mukofoti biologik tadqiqotlar va tibbiyot tajribasida qöllanuvçi kaşfiyotlar uçun berildi.

Foto: Shutterstock

2018 yilda Nobel mukofotlari kutilmaganda amaliyotga köçdi: barça kaşfiyotlar amalda öz tasdiğini topdi. Kimyo böyiça komissiya raisi Klas Gustafson matbuot anjumanida hatto özini oqlaşiga töğri keldi: "Öylaşimça, biz Alfred Nobelning sözlariga murojaat qilişimiz kerak, ya'ni u mukofotlarni insoniyatga eng köp foyda keltirgan kaşfiyotlar uçun topşirişni vasiyat qilgan. Şu bois siz tibbiyot mavzusiga bölgan e'tibor katta ekaniga guvoh bölyapsiz".

Kimyo böyiça Nobel mukofoti "evolyutsiyaga yönaltirilgan fermentlar uçun" Frensis Arnoldga, "peptidlar va antijismlar fag-displeyi uçun" Jorj Smit va Gregori Uinterga topşirildi. Uşbu usullar yordamida sanoat va antijismlar uçun ferment-katalizatorlar qölga kiritildi. Fag-displey dunyodagi eng xaridorgir 15 dorining 11 tasini işlab çiqarişda qöllaniladi.

Fizika böyiça mukofot köriş qobiliyatini lazer yordamida tuzatiş, biologlarga esa alohida hujayralarni va hatto biologik molekulalarni pinsetda köçirib ötkaziş imkonini beruvçi “lazer-fizika sohasidagi fundamental kaşfiyotlar uçun” Nobel mukofoti Artur Eşkin, Jyerar Mur va Donna Striklendga topşirildi.

Biologiya böyiça mukofot esa hatto ilgari bir yil davomida vafot etişi taxmin qilingan melanoma bilan kasallanganlarga ham davolaniş imkonini beruvçi saraton immunoterapiyasi uçun Jyeyms Ellison va Tasuku Xondzyoga berildi.

Aksariyat sovrindorlarning ta'kidlaşiça, ular dastlab amaliy vazifalarni közlab emas, ilmiy qiziqiş sabab bu işlarga qöl urişgan. Fundamental tadqiqotlar uçun ingliz tilida blue sky research atamasi qöllanadi va Jyeyms Ellison Nobelga qadar öz ma'ruzalarida bunday “maqsadsiz” tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş zarurati haqida köp sözlagan.

“Fundamental tadqiqotlarsiz biz bozorga, biznesga heç nima yetkaza olmaymiz. Ilm-fanga pul ajratayotgan odamlar şuni inobatga olişsa, yaxşi bölar edi”, - degan olim 2017 yilgi ma'ruzasida. Agar 2011 yilda Ellison uning ğoyasi asosidagi preparatni röyxatdan ötkazuvçi kompaniyani topişga muvaffaq bölmaganida uşbu Nobel mukofoti ham bölmasdi. Bu qanday röy berdi?