Moliya vazirligi 2021 yilda davlat budjetidan soğliqni saqlaş sohasi uçun ajratilayotgan mablağlarga bağişlangan “Fuqarolar uçun budjet” naşrini taqdim etdi.

Unda davlat muassasalaridagi “alohida tibbiy xodimlar”ning örtaça oylik iş haqi (qöşimça tölovlar bilan qöşib hisoblaganda) töğrisida ma'lumotlar bor.

2021 yil 1 iyun holatiga köra, birlamçi soğliqni saqlaş muassasalari – oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda:

  • oliy toifali şifokorlar 3 mln 178 ming söm;
  • oliy toifali patronaj hamşira 1 mln 919 ming söm;

tez tibbiy yordam brigadalarida:

  • oliy toifali şifokor 3 mln 654 ming söm;
  • oliy toifali feldşer esa 2 mln 207 ming söm;

tuman (şahar) markaziy şifoxonalari, viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazlarida:

  • oliy toifali şifokor-jarroh 3 mln 984 ming söm;
  • oliy toifali yuqumli kasalliklar şifokori 3 mln 974 ming söm;

şoşilinç tibbiy yordam markazlarida:

  • oliy toifali şifokor-jarroh 4 mln 131 ming söm;
  • oliy toifali şifokor-rentgenologlar esa 4 mln 437 ming söm maoş olişgan.

Eslatib ötamiz, 1 sentyabrdan budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi 1,1 barobarga oşirilgandi.

Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida sözlagan nutqida tibbiyot sohasiga yönaltiriladigan mablağlarni 2 barobar oşiriş, jumladan, kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar va öqituvçilar maoşini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkaziş möljallanayotganini aytgandi