Sirdaryo viloyatida 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida jami 14 mln 96 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Şundan, kuzgi mavsumda 5 mln 286 ming dona va bahor mavsumida 8 mln 810 ming dona köçat ekiladi. Bu haqda viloyat hokimligi ma'lum qildi.

2021 yilning 10 dekabr kuniga qadar ötkaziladigan “Dolzarb 40 kunlik” davomida Boyovut tumanida 727 ming, Oqoltin tumanida 781 ming, Sayxunobod tumanida 636 ming, Mirzaobod tumanida 634 ming, Sirdaryo tumanida 627 ming, Xovos tumanida 624 ming, Guliston tumanida 618 ming, Sardoba tumanida 565 ming hamda Guliston şahrida 36 ming, Yangiyer şahrida 27 ming va Şirin şahrida 11 ming tupdan köçat ekiladi.

Köçatlarni tanlaş va saralaş jarayonlariga tajribali mutaxassislar jalb qilingan. Hududlar iqlim şaroitiga mos keluvçi 30 ming kaştan, 101 ming eman, 60 ming yapon saforasi, 65 ming katalpa, 272 ming şumtol, 201 ming qayrağoç, 45 ming pavlovniya, 440 ming terak, 117 ming zarang, 156 ming akatsiya, 2 ming çinor, 921 ming tut, 60 ming jiyda, 79 ming yonğoq, 60 ming behi, 797 ming uzum, 2 ming Qrim qarağayi, 12 ming virgin arçasi, 122 ming şarq tuyasi, 20 ming Suriya atirguli, 55 ming hind sireni, 679 ming mevali daraxtlar, 4 mln 869 ming boşqa turdagi daraxtlar, 5 mln 91 ming qalamçalarning eng sara navlari tanlab olingan.

Aksariyat hududlarda suğoriş tizimi yöqligi yoki izdan çiqqanligini inobatga olib, uşbu tizimlarni barpo etiş yoki suv çiqariş uçun quduq qaziş işlari yölga qöyiladi.