Bahromjon Jumanov Farğona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasiga rahbar böldi.

U 1970 yilda tuğilgan, mutaxassisligi olim-agronom. Şu vaqtgaça Davlat ekologiya qömitasi huzuridagi «Davlat ekologik sertifikatlaştiriş va standartlaştiriş markazi» davlat unitar korxonasi direktori örinbosari lavozimida işlagan.

Farhod Dehqonov esa Toşkent şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

Farhod Dehqonov 1980 yilda tuğilgan, mutaxassisligi: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş. Bungaça u Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan.

Davlat ekologiya qömitasi matbuot xizmatining qayd etişiça, har ikkala yangi rahbar ham prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantiriş agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali qömita tomonidan e'lon qilingan oçiq tanlov asosida işga qabul qilingan. Ular mos ravişda 82,5 va 80 ball töplab, sinovdan ötgan hamda Davlat ekologiya qömitasi tanlov komissiyasi bilan suhbatdan ötkazilgan.